Новости

Последние новости

янв.21
“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonun – iqtisodiy barqarorlik kafolati
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida
янв.21
Oilaviy tadbirkorlik – oila farovonligi va iqtisodiy barqarorlik omili
янв.21
Sabzipoya MFY hududida ichki kanallar va aholini suv bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ekspert guruhi – mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi
янв.21
Mahallada olib borilayotgan ishlar va “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati J. Taxchiyeva fuqarolar murojaatini joyiga chiqib o‘rgandi
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi

“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–49-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Muborak tumanidagi og‘ir toifadagi “Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ijrosining borishi joyiga chiqib o‘rganildi.
🔺O‘rganishda Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Qurbonov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Kenjayeva, hudud deputati P.Jalilov, “Yashnaobod” mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi, shuningdek, Kengash huzuridagi ekspert va yoshlar guruhi a’zolari A.Parpiyeva hamda S.Nurullayevlar ishtirok etdi.

🔺O‘rganish davomida mahallani kompleks rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, infratuzilmani yaxshilash hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarning ijro holati ko‘zdan kechirildi. Mas’ul tashkilotlar va mahalla faollari ishtirokida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashilib, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.

📌 O‘rganish yakunida dasturda belgilangan vazifalarning ijrosini jadallashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4