Новости

Последние новости

Deputat faoliyati: Hudud rivoji va ijtimoiy soha obyektlari doimiy nazoratda

🔴Tuman hayotidagi muhim o‘zgarishlar va yirik tadbirlardagi faol ishtiroki doirasida tumandagi zamonaviy qiyofa kasb etgan 3-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining qurilish hamda qayta ta’mirlash ishlari yakunlanishi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali ochilish marosimiga taklif etildi.

🔴Ushbu muassasaning foydalanishga topshirilish jarayonida deputat bilan birgalikda mahalla faollari hamda tuman maktabgacha ta’lim bo‘limining mas’ul rahbarlari ishtirok etib, bog‘chada bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar.

🔴Tadbir davomida so‘nggi yillarda tumanda maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish va kelajagimiz egalariga munosib ta’lim-tarbiya berish borasida amalga oshirilayotgan bunday ulkan islohotlar xalqimiz farovonligiga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.

🔴Shuningdek, deputatlik nazorati davomida tuman miqyosida olib borilayotgan boshqa bunyodkorlik va rivojlanish dasturlarining sifati hamda belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan tegishli mas’ullarga taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 8