Новости

Последние новости

Vatan himoyachilari bilan deputat muloqoti

Vatan himoyachilari bilan deputat muloqoti

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Kasimov tumandagi harbiylar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdilar.

Mazkur uchrashuvda mahalla raisi, mehnat faxriysi, faol nuroniylar hamda harbiy qism rahbariyati ishtiriok etishdi

Muloqot markazida vatanparvarlik tuyg'usini yuksaltirish, harbiy xizmatchilarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga doir masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, deputat tomonidan harbiy xizmatchilarning takliflari tinglanib, ularning xizmat faoliyati davomida yuzaga kelayotgan masalalarni hal etish yuzasidan deputatlik nazorati o'rnatildi.

Bunday tadbirlar armiya va xalq birligini mustahkamlash bilan birga, yosh harbiy xizmatchilarda o‘z burchiga sadoqat ruhini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4