Новости

Последние новости

#deputat faoliyati

#deputat faoliyati

#Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshoatlari, umumta'lim maktablari, kollej va akademik litseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlarining mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi

⚽️Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri, tuman Kengashi deputati D.Ataxodjayeva, bosh mutaxassis SH.Eshovlar tomonidan "Taraqqiyot" MFY hududidagi ixtisoslashtirilgan maktabning sport zali va sport maydonchasi o‘rganildi.

🥅Tashrif davomida deputat mahallada aholi va bolalar uchun qurilgan zamonaviy sport maydonchasining holati, uning foydalanish darajasi hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Mazkur maydoncha bolalar va yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun barcha zarur jihozlar bilan ta’minlangan.
O‘rganish jarayonida mahalla faollari va fuqarolar bilan suhbat o‘tkazildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Slide 1 of 2