Новости

Последние новости

ISHBILARMON AYOLLAR — MAHALLA TARAQQIYOTI TAYANCHI

Shu maqsadda “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi doirasida Yunusobod tumani mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollar saralab olinib, ular tuman bosqichiga yo‘llanma oldilar.

Jumladan, “Bog‘ishamol” MFYdan Sevinch Po‘latova Olim qizi, “Obod” MFYdan Irina Anatolyevna Bednarchuk, “Hasanboy” MFYdan Po‘latova Xurshida G‘aniyevna, “O‘zbekiston Mustaqilligi” mahallasidan Tillayeva Natalya Yuryevna tuman bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Tadbirda Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Iqbolxon Ashrapova ham ishtirok etib, tadbirkor ayollarning tashabbuslari va mehnatini yuqori baholadi.

Bu kabi loyihalar mahallalarda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ularning iqtisodiy faolligini oshirish hamda yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tuman bosqichiga yo‘llanma olgan barcha tadbirkor ayollarga omad, zafar va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Slide 1 of 4