Новости

Последние новости

янв.21
“Gulbahor” MFYda agro sohasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi
янв.21
“TERMIZ AGRO IMPEX” va “SURXON FISH AGRO PROM KO” faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Aholi muammolari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Ta’lim sifati va infratuzilma: 14-maktab faoliyati e’tiborda
янв.21
Guliston MFYda 24 ta dolzarb masala yuzasidan o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Termiz tumanida yo‘l xaritasi ijrosi doirasida loyiha holati tahlil qilindi
янв.21
Tuman banklarida xizmat sifati va sharoitlar tahlil qilindi
янв.21
Navro‘z MFYda obodonlashtirish ishlari: ichki yo‘llar asfaltlandi
янв.21
Termiz tumanida tibbiy xizmat sifati o‘rganilmoqda:
янв.21
Bozorlarda narx-navo barqarorligi nazoratda
Guliston MFYda 24 ta dolzarb masala yuzasidan o‘rganishlar olib borildi

Guliston MFYda 24 ta dolzarb masala yuzasidan o‘rganishlar olib borildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov 11-Sapzipoya saylov okrugidan saylangan deputat S. Ikromov bilan birgalikda Guliston MFY hududida o‘rganish ishlarini olib bordi.

Tashrif davomida deputatlar oldiga qo‘yilgan hamda aholining murojaatlari asosida shakllangan 24 ta muhim masala atroflicha ko‘rib chiqildi.
O‘rganishlar davomida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi chora-tadbirlar bilan ham tanishildi.

Bundan tashqari, hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa “qizil” va “sariq” hududlarda jinoyatchilikni kamaytirish va oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham atroflicha o‘rganildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarga tezkor yechim topish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. Mazkur yo‘nalishda ishlarni tizimli davom ettirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4