Новости

Последние новости

янв.21
“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonun – iqtisodiy barqarorlik kafolati
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida
янв.21
Oilaviy tadbirkorlik – oila farovonligi va iqtisodiy barqarorlik omili
янв.21
Sabzipoya MFY hududida ichki kanallar va aholini suv bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ekspert guruhi – mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi
янв.21
Mahallada olib borilayotgan ishlar va “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati J. Taxchiyeva fuqarolar murojaatini joyiga chiqib o‘rgandi
Deputat uchrashuvi - murojaatlar o‘rganilmoqda

 Hududning ijtimoiy rivojlanishi borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida: 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi pedagog-o‘qituvchilari bilan ochiq muloqot olib borildi. Ijtimoiy soha xodimlarini qiziqtirgan savollarga deptat bilan birga “Madad” NNT tuman huquqiy maslahat byurosi xodimi Ravshanbek Alijonov javoblar berdi. 

🔹“Turg‘oq” mahalla fuqarolar yig‘ini aholi vakillari “A.Xodjaev” ko‘chasiga elektr podstansiya o‘rnatish hamda “Istiqlol” ko‘chasida joylashgan qabriston yo‘liga 500 metr masofada asfalt yotqizish masalalarida amaliy yordam so‘radilar. 

Aholi murojaatlari bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovlari chiqariladigan bo‘ldi. 

📌Shu o‘rinda “Madad” NNT haqida qisqacha tushuncha: mamlakatimizda fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish va aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada
takomillashtirish maqsadida “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etilgan. “Madad” NNT mas’ul xodimlari murojaat qiluvchilarga huquqiy masalalar bo'yicha
maslahat va tushuntirishlar berish, shuningdek tegishli huquqiy hujjatlar namunalarini taqdim etish yoki bunday hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ko‘maklashish orqali bepul yuridik yordamlar ko‘rsatadi.
 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1