Новости

Последние новости

янв.21
Deputat nazorati: Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va murojaatlar ijrosi e’tiborda
янв.21
Xaql deputatlari Termiz tuman Kengashininig 4-8 may ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hafta dayjesti
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov, kotibiyat mudiri A. Avliyakulov hamda kotibiyat xodimlari K.Abdullayeva, T.Murodov ishtirokida navbatdagi ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Deputatlar oldiga qo‘yilgan 24 ta muhim masala yuzasidan hududiy ishlar tahlil qilindi
янв.21
Hududda o‘quvchilar xavfsizligi va infratuzilmani yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Yangihayot MFYda sug‘orish tizimini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Hududda elektr ta’minoti yaxshilanmoqda
янв.21
Termiz tuman Kengashi ish faoliyati
янв.21
Qo‘ng‘irot MFYda ichimlik suvi ishlari deputat nazoratida
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining joriy hafta uchun ish rejalari belgilandi.

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining joriy hafta uchun ish rejalari belgilandi.

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi tomonidan joriy haftada hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini joyida o‘rganish hamda qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilishga qaratilgan tizimli ishlar davom ettiriladi.

Deputatlar tomonidan joylarga chiqqan holda 24 ta eng muhim yo‘nalish bo‘yicha o‘rganishlar olib boriladi. 

 20-aprel, dushanba kuni 10-Ahil okrugi deputati Abdujalil Xasanov tomonidan 2026-yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha o‘z okrugida axborot beradi.

 Mas’ul: U.Shopotixov

21-aprel, seshanba kuni 17-Miskin okrugi deputati Ziyo Parizod tomonidan Olamzor tumanidagi 17-Oilaviy poliklinikada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ–402-sonli qaror ijrosi yuzasidan ayollarni skrining ko‘rigidan o‘tkazish rejalashtirilgan.

 Mas’ullar: D.Raxmatullayev, B.Xoliqjonova

 21-aprel, seshanba kuni Mahalliy budjetni shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya hamda Qurilish Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi qo‘shma yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 Mas’ullar: U.Shopotixov, B.Xoliqjonova

 22-aprel, chorshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya qo‘shma yig‘ilish o‘tkazilishi rejalahstirilgan.

 Mas’ullar: U.Shopotixov, B.Xoliqjonova

23-aprel, payshanba kuni kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining navbatdagi III chaqiriq 26-sessiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mas’ul: D.Raxmatullayev

 24-aprel, juma 21-Namuna okrugi deputati Davronbek Raxmatullayev tomonidan "Kaykovus" mahalla fuqarolar yig‘inida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida o‘rganishlar amalga oshiriladi.

 Mas’ullar: Kotibiyat xodimlari

️ Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi kotibiyati xodimlari —

D. Raxmatullayev, U.Shopotixov va B.Xoliqjonovalar tomonidan doimiy nazoratga olinadi.

 Olmazor tumani hududlarida olib borilayotgan tizimli ishlar orqali aholining dolzarb muammolarini bartaraf etish hamda ochiq va samarali deputatlik faoliyatini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 1