Новости

Последние новости

янв.21
Sizlarni qutlug‘ sana — 12-may — Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi samimiy muborakbod etadi!
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 12-15 may kunlari Ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hafta dayjesti
янв.21
Xotira – milliy ruh, qadr – insoniy burchdir!
янв.21
Xotira — muqaddas, inson qadri aziz!
янв.21
Xotira muqaddas — jasorat mangu barhayot!
янв.21
Xotira va qadrlash kuni: deputatlar uchrashuvi va sport bayrami
янв.21
Yangi hayot mahallasida yo‘llar sifatli qayta tiklanmoqda
янв.21
At-Termiziy mahallasida ijtimoiy soha obyektlari va yo‘l infratuzilmasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
At-Termiziy MFYda o‘rganish ishlari olib borildi
MUROJAAT E’TIBORDA: O‘QUVCHILAR XAVFSIZLIGI – ASOSIY MASALA

MUROJAAT E’TIBORDA: O‘QUVCHILAR XAVFSIZLIGI – ASOSIY MASALA

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati M.Mamurjonova nomiga "Mehnat" mahallasi saylovchilari hamda hududdagi 5-sonli umumta’lim maktabi ma’muriyati va ota-onalaridan jiddiy xavotir aks etgan murojaat kelib tushdi.

Muammo nimada?

Maktabga tutash yo‘lda transport qatnovi juda yuqori. Biroq, bu yerda na piyodalar o‘tish yo‘lagi ("zebra") va na maxsus ogohlantiruvchi yo‘l belgilari mavjud. Bu holat har kuni yuzlab o‘quvchilarning hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymoqda.

Mazkur murojaat asosida deputat M.Mamurjonova tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. Yo‘l xavfsizligini ta’minlash, belgilarni o‘rnatish va "zebra" chiziqlarini chizish masalasi qat’iy nazoratga olindi.

Farzandlarimiz xavfsizligi — barchamizning burchimiz!