Новости

Последние новости

янв.21
“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonun – iqtisodiy barqarorlik kafolati
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida
янв.21
Oilaviy tadbirkorlik – oila farovonligi va iqtisodiy barqarorlik omili
янв.21
Sabzipoya MFY hududida ichki kanallar va aholini suv bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘rganish olib borildi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Ekspert guruhi – mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi
янв.21
Mahallada olib borilayotgan ishlar va “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati J. Taxchiyeva fuqarolar murojaatini joyiga chiqib o‘rgandi
Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

2022-yil 22-iyulda qabul qilingan “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi (O‘RQ-784-son) O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tumandagi ijrosini bo‘yicha tumanda tizimli o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Mazkur o‘rganishlar doirasida tuman Kengashi deputati M.Egamnazarov tomonidan “Jizzax suv ta’minot” AJning Zomin tuman filiali faoliyati o‘rganildi. Jarayonda aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash holati, mavjud infratuzilma, tarmoqlarning texnik holati, ichimlik suvi sifatini ta’minlash, shuningdek, oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimidagi mavjud muammo va kamchiliklar tahlil qilindi.

O‘rganish davomida korxona tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, yangi quvur tarmoqlarini tortish, eski tizimlarni modernizatsiya qilish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va uzluksiz suv ta’minotini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, korxona tashkilot xodimlari ishtirokida Qonunning 15-moddasi “Ichimlik suvi ta’minoti tashkilotlarining asosiy vazifalari” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida mazkur moddada belgilangan vazifalar, jumladan:

— aholini sifatli va xavfsiz ichimlik suvi bilan ta’minlash;

— suv ta’minoti tizimlarining samarali va uzluksiz ishlashini ta’minlash;

— suv resurslaridan oqilona foydalanish;

— sanitariya va ekologik talablarga rioya qilish;

— iste’molchilar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvda sohadagi dolzarb masalalar, xodimlarning mas’uliyati, qonun talablariga so‘zsiz amal qilish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va mulohazalar almashildi.

Slide 1 of 3