Новости

Последние новости

янв.21
Hafta davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat tomonidan hududdagi savdo shoxobchalari va ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Amir Temur mahallasidagi 17-maktab rekonstruksiya ishlari o‘rganildi
янв.21
Amir Temur mahallasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Amir Temur mahallasida “Open budget” doirasidagi asfalt ishlari deputatlar tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Iste’mol krediti to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
Qo‘ng‘irot mahallasidagi kanallar holati deputat nazoratida
янв.21
Yoshlar sporti uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan byudjet daromadlari ijrosi va qo‘shimcha manbalarni safarbar etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Deputat R. Shamanov Qoʻngʻirot mahallasida oʻzini o‘zi band qilgan fuqarolar faoliyati bilan tanishdi.
Deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjaev Yerlan Ormanovich o‘zi saylangan okrugidagi “Bo‘ston” mahallasida joylashgan 24-maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirdi. Deputatlik nazorati jarayonida taʼlim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini jamoatchilik asosida o‘rgandi. O‘rganishlar davomida ijtimoiy soha ob’ektidagi tabiiy gaz hisoblagichlar va isitish uskunalarining texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi, dudburonlarni tozalanganligi, mavjud gaz quvurlari, uzatish tarmoqlari hamda texnik uskunalar ko‘zdan kechirildi, isitish qozonlari soz xolatda ekanligiga alohida eʼtibor qaratildi.O'rganish davomida kuz-qish mavsumida barqaror faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan ishlar amalga oshirilayotgani ma'lum bo'ldi. Ayrim kamchiliklar bo'yicha masʼullarga tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 5