Новости

Последние новости

янв.21
Deputatlar, Hokim o‘rinbosari va Mahalla uyushmasi hamkorligida Mustaqillik mahallasida “Yettilik” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi doimiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi:
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi doimiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi doimiy komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan muhim qarorlar ijrosi yuzasidan mas’ullarning hisobotlari eshitildi.
янв.21
Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘quv seminarlar tashkil etildi.
янв.21
Termiz tumanida tibbiyot sohasida muhim qadam
янв.21
Janub quyoshi:
янв.21
Hududlarda aholi muammolari bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun targ‘iboti o‘tkazildi.
янв.21
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun targ‘iboti o‘tkazildi
Biz zo‘ravonlikka qarshimiz.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati N. Ruziyeva tomonidan tumaning Orol mahallasida joylashgan 3-son umumta’lim maktabida mahalla xotin-qizlar faoli hamkorligida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida mazmunli ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar, xususan, o‘quvchi qizlar o‘rtasida zo‘ravonlikning oldini olish, ularga o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni yetkazish, shuningdek, jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.

Deputat N. Ruziyeva o‘quvchilar bilan uchrashuv davomida oilada, maktabda va ijtimoiy hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan zo‘ravonlikning turlari, ularning oqibatlari hamda bunday holatlarda murojaat qilinadigan tashkilot va ishonch telefonlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Tadbir jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiynayotgan savollarni berdi, fikr va takliflarini bildirdi.

Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan ham mavzu yuzasidan tushuntirishlar berilib, qizlarning o‘zini himoya qilish madaniyati, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, totuvlik kabi hayotiy qadriyatlar haqida suhbat olib borildi.

Slide 1 of 5