Новости

Последние новости

янв.21
Deputat nazorati: Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va murojaatlar ijrosi e’tiborda
янв.21
Xaql deputatlari Termiz tuman Kengashininig 4-8 may ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hafta dayjesti
янв.21
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov, kotibiyat mudiri A. Avliyakulov hamda kotibiyat xodimlari K.Abdullayeva, T.Murodov ishtirokida navbatdagi ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Deputatlar oldiga qo‘yilgan 24 ta muhim masala yuzasidan hududiy ishlar tahlil qilindi
янв.21
Hududda o‘quvchilar xavfsizligi va infratuzilmani yaxshilash masalalari o‘rganildi
янв.21
Yangihayot MFYda sug‘orish tizimini yaxshilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Hududda elektr ta’minoti yaxshilanmoqda
янв.21
Termiz tuman Kengashi ish faoliyati
янв.21
Qo‘ng‘irot MFYda ichimlik suvi ishlari deputat nazoratida
Konstitutsiya — davlatning mustahkam tayanchi

Konstitutsiya — davlatning mustahkam tayanchi

Konstitutsiya — bu mamlakatning siyosiy, huquqiy va ijtimoiy hayotini tartibga soluvchi eng asosiy hujjatdir. U nafaqat davlat boshqaruvi shaklini belgilaydi, balki har bir fuqaroning huquq va erkinliklari, manfaatlari va imkoniyatlarini himoya qiluvchi asosiy kafolatlarni o‘zida mujassam etadi.

Konstitutsiya jamiyatda adolat, tenglik va qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Unda davlatning fuqarolar oldidagi burchlari, jamiyatning esa davlat oldidagi mas’uliyati aniq belgilab qo‘yilgan.

Bu muqaddas hujjat mamlakat taraqqiyotining huquqiy asosini yaratadi, inson manfaatlarini oliy qadriyat darajasiga ko‘taradi hamda kelajakka ishonch bilan qadam tashlashimizga zamin bo‘ladi.

Har bir fuqarodan Konstitutsiyani hurmat qilish, uning talablariga rioya etish va uning mazmunini chuqur anglash talab etiladi. Chunki Konstitutsiya — davlatning kuchi, xalqning ishonchi va jamiyatning barqaror taraqqiyotiga asos bo‘luvchi huquqiy tayanchdir.

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi

Slide 1 of 1