Mazkur ishlar Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 2026-yil 5-martdagi VII-16-14-8-108-K/26-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Ayni paytda tuman markaziga eltuvchi yo‘lda asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlar hududda transport qatnovini yaxshilash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.
Shuningdek, yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish orqali mahalla aholisi va yo‘l harakati ishtirokchilari uchun yanada qulay sharoit yaratish ko‘zda tutilgan.
Obod va ravon yo‘llar — hudud taraqqiyoti, aholi farovonligi va xavfsiz harakatlanishning muhim omilidir!
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz