Новости

Последние новости

янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
“Abdulla Avloniy” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish choralari o‘rganildi
янв.21
“Abdulla Avloniy” mahallasida O‘RQ–406-sonli Qonuni doirasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi Termiz shahrida “Tashabbusli budjet” loyihasi ijrosi muhokama qilindi
янв.21
“Amu-sohillari” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida o‘rganildi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #ekspert_guruhi Termiz shahar Dehqon oziq-ovqat bozorida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #162_qonun #biriktirilgan_tashkilot “Navro‘z” mahallasida yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi o‘rganildi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Navro‘z” mahallasida PF–116-sonli farmon ijrosi muhokama qilindi
янв.21
“Bog‘zor” mahallasida O‘RQ–406-sonli Qonuni doirasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Bog‘zor” mahallasida mahalla boshqaruvi va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “Pargos” mahallasida fuqarolar qabulini o‘tkazildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish hamda moddiy yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi.

🔵Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar deputat tomonidan tinglanib, ularning mazmuni va yuzaga kelgan muammolar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Jumladan, chiqindilarni olib chiqish xizmatini tashkil etish, ushbu yo‘nalishdagi muammolarni tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda aholining sanitariya va tozalik bilan bog‘liq masalalariga e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

🔵Moddiy yordam so‘rab qilingan murojaatlar yuzasidan esa fuqarolarga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatishning mavjud tartiblari, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni va tegishli mas’ul tashkilotlarga murojaat qilish masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 1