📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Sh.Azimov 22-“Turon” saylov okrugiga qarashli “Toshloq” MFY “yettiligi” aʼzolari ishtirokida navbatdagi ishchi uchrashuvini o‘tkazdi. Unda hududda olib borilayotgan hamkorlikdagi ishlar natijalari sarhisob qilinib, istiqboldagi dolzarb vazifalar atroflicha muhokama qilindi.
🔸Muloqot davomida asosiy eʼtibor aholini qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash va ehtiyojmand qatlamni qo‘llab-quvvatlash masalalariga qaratildi.
🔸Shuningdek, yig‘ilishda mahallada kambag‘allikni qisqartirish, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va ijtimoiy reyestrlar ro‘yxatida turgan fuqarolarga manzilli ko‘mak berish hamda ularning bandligini taʼminlash masalalari tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi.
📲 Bizni kuzatib boring:👇
🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook