XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMAN KENGASHI KUNLIK ISH REJASI IJROSI
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri B.Amanov boshchiligida kunlik reja doirasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Intizom va topshiriqlar: Xodimlar qat'iy yo‘qlama qilinib, har biriga kamida 3 ta aniq vazifa yuklandi.
Fuqarolar qabuli: Aholining yo‘l, suv va elektr ta’minotiga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi.
"Do‘stlik" MFY: Mahalladagi "yettilik" faoliyati hamda ko‘p qavatli uylar oldidagi bolalar maydonchalari holati tekshirildi.
PQ-468 ijrosi: Doimiy komissiya tomonidan hudud iqtisodiyotini rivojlantirishga oid navbatdagi qaror qabul qilindi.
Ijro nazorati bosh mutaxassislar S.Bektemirov hamda J.Butayev tomonidan ta'minlanmoqda.