✅Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 13-okrug deputati A.Kudayberganova tomonidan "Harakat" mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
✅O‘rganish davomida kambag‘allik reyestrida turuvchi oilalar soni va ularning mavjud muammolari tahlil qilindi.
✅ Mazkur oilalarning daromadlarini oshirish, ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish hamda kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar berildi.
✅Shuningdek, aholiga moliyaviy xizmatlardan samarali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik va boshqa daromadli faoliyat turlariga jalb etish orqali ularning daromadlarini qisqa muddatda oshirish muhimligi ta’kidlandi.
✅Deputat tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli davom ettirish va har bir oilaning muammosidan kelib chiqib individual yondashuv asosida amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.