Новости

Последние новости

янв.21
Uvaysiy ko‘chasidagi jamoaviy murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasidagi maydon holati o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Eskishahar” mahallasida islohotlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya va ekspert guruhi: kengash qarori ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat saylov okrugida: muammo — joyida, yechim — amaliy choralar bilan
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
FHDYO bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Ijtimoiy hodim faoliyati oʻrganildi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 13-“Farovon” saylov okrugi deputat A.Pardayev "Farovon" mahallasida bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy xodimining ish faoliyati o‘rgandi.

📝O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan olib borilayotgan ishlar, xususan, kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy yordamga ehtiyoji mavjud fuqarolar bilan ishlash tizimi tahlil qilindi.

🔎Aniqlanishicha, mahallada ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil etish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish borasida tizimli ishlarni yuqori darajaga olib chiqish va fuqarolarning murojaatlari muntazam ravishda o‘rganilib, ularga amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rishni jadallashtirish lozim. Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda turli ijtimoiy dasturlar doirasida ishlar tashkil etilgan.

💙O‘rganish davomida ayrim yo‘nalishlarda ishlarni yanada takomillashtirish zarurligi qayd etildi. Jumladan, ehtiyojmand oilalarni aniqlashda yanada chuqur tahlil olib borish, nogironligi bor yoshlar va ayollar bilan ishlashni kuchaytirish, bandligini ta’minlashga ko‘maklashish hamda profilaktik ishlarni kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

📄Yakunda ijtimoiy xodim faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholining ijtimoiy muammolarini tizimli hal etish va mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 1