Новости

Последние новости

янв.21
Uvaysiy ko‘chasidagi jamoaviy murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasidagi maydon holati o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Eskishahar” mahallasida islohotlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya va ekspert guruhi: kengash qarori ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat saylov okrugida: muammo — joyida, yechim — amaliy choralar bilan
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
FHDYO bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida o‘rganildi
#munosabat

🔰#munosabat

“Tashqi qarz masalasida asosiy e’tibor uning miqdoriga emas, undan qanday va qanchalik samarali foydalanilayotganiga qaratilishi kerak.”
2026-yil 1-iyul holatiga O‘zbekistonning yalpi tashqi qarzi 84,1 milliard dollarni tashkil etgani iqtisodiyotda moliyaviy resurslardan foydalanish ko‘lami kengayayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, qarz mablag‘larining iqtisodiy o‘sish, ishlab chiqarish, infratuzilma va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilishi muhim.
YIM o‘sishining tezlashishi va milliy valyuta mustahkamlanishi hisobiga tashqi qarzning iqtisodiyot hajmiga nisbati pasayayotgani ham e’tiborga molik. Eng muhimi, jalb etilayotgan mablag‘lar aniq natija beradigan loyihalarga yo‘naltirilib, qarzlardan foydalanish ustidan ochiqlik va samarali nazorat ta’minlanishi lozim.
Bu borada davlat qarzi bilan bir qatorda korporativ qarzning ham barqarorligi va iqtisodiyotga ta’sirini muntazam tahlil qilib borish muhim ahamiyatga ega.

Munavar Hojiyeva,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt