Qoshtut mahallasida hududdagi mavjud holat o‘rganildi
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati N.Kamalova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Shopotixov Qoshtut mahallasiga tashrif buyurib, hududdagi mavjud vaziyatni o‘rgandilar.
🔎 O‘rganish davomida mahalla hududi aylanib chiqilib, obodonlashtirish, infratuzilma, hududning sanitariya holati hamda aholini qiynayotgan mavjud muammo va kamchiliklarga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Aniqlangan muammolar tegishli tartibda qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish va ijrosini nazoratga olish belgilandi.
🤝 Asosiy maqsad — hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning yechimini ta’minlash hamda aholi uchun qulay sharoit yaratish.