Новости

Последние новости

янв.21
Uvaysiy ko‘chasidagi jamoaviy murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasidagi maydon holati o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Eskishahar” mahallasida islohotlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya va ekspert guruhi: kengash qarori ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat saylov okrugida: muammo — joyida, yechim — amaliy choralar bilan
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
FHDYO bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida o‘rganildi
Fuqarolar murojaatlari deputatlar nazoratida

Fuqarolar murojaatlari deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi raisi R. Djumanova tomonidan Arg‘in-Sada mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hududdagi ijtimoiy va maishiy masalalar, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liq qator masalalar ko‘tarildi.

Har bir murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni hal etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilot va mas’ullar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va muammolarga amaliy yechim topish — Kengash faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2