Новости

Последние новости

янв.21
Uvaysiy ko‘chasidagi jamoaviy murojaatlar joyida o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasidagi maydon holati o‘rganildi
янв.21
“Eskishahar” mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Eskishahar” mahallasida islohotlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya va ekspert guruhi: kengash qarori ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
Deputat saylov okrugida: muammo — joyida, yechim — amaliy choralar bilan
янв.21
Deputat tashabbusi bilan aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi
янв.21
FHDYO bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Saxovat” mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati O‘RQ–1159-sonli Qonun doirasida o‘rganildi
Ustoz va murabbiylar — ezgu qadr va ehtirom timsoli

Davlatobod tumanidagi “Navbahor” tantanalar majmuasida
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdek sharafli va mas’uliyatli vazifani sidqidildan ado etib kelayotgan ustoz va murabbiylar, soha faxriylari hamda tajribali pedagoglar ishtirok etdilar.

Tadbirda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi A. Kamalov so‘zga chiqib, ustoz va murabbiylarning yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, jamiyat taraqqiyoti va ta’lim rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasini alohida e’tirof etdi hamda barcha ta’lim-tarbiya tizimi xodimlarini bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

Bayram tadbiri davomida bir guruh fidoyi ustoz va murabbiylarga tuman hokimining “Faxriy yorliq”lari hamda esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning ko‘p yillik samarali mehnati munosib e’tirof etildi.

Mazkur tadbir Kengash deputatlarining 24 talik tavsiyasida belgilangan ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning mehnatini qadrlash, yosh avlodning bilim va tarbiyasiga e’tibor qaratish yo‘nalishlari bilan uyg‘un holda tashkil etildi.

Tadbirning badiiy qismi taniqli san’atkorlar va viloyat san’at ustalarining kuy-qo‘shiqlari bilan davom etib, ustoz va murabbiylarga ko‘tarinki bayramona kayfiyat ulashdi.

Slide 1 of 9