Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi o'rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan tumandagi bozorlarda aholi kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan un mahsulotlari narxlari va ularning mavjudligi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
O‘rganish davomida aholi iste’molida muhim o‘rin tutadigan un mahsulotlarining narx-navosi, sifati, bozorlarda yetarli miqdorda mavjudligi hamda savdo sharoitlariga alohida e’tibor qaratildi.
Un mahsulotlari bilan aholining uzluksiz ta’minlanishi, narxlarning barqarorligi va mahsulotlar ta’minoti holati o‘rganildi. Monitoring yakunlari bo‘yicha aholining sifatli va hamyonbop un mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratida ekani qayd etildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!