📌Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Ozoda Buzrukxo‘jayeva «Oydinko‘l» mahallasi hududida bo‘lib, fuqarolar bilan bevosita suhbatlashdi.
❗️Muloqot davomida aholi turmush sharoiti, mahalladagi mavjud holat hamda fuqarolarni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi. Aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda ishlar olib borilishi belgilandi.
✅Deputat tomonidan mahallada aholi bilan ochiq muloqotlarni davom ettirish va ko‘tarilayotgan masalalarni nazoratga olishga alohida e’tibor qaratildi.