Transformator xavfsizligi bo‘yicha murojaat qayd etildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 5-Uchqizil saylov okrugi deputati Sh.Norsayev saylangan Uchqizil MFY, Bog‘zor ko‘chasidagi elektr transformatorining ochiq holatda joylashgani yuzasidan fuqarolardan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda transformatorni himoyalash va o‘rab qo‘yish, aholi, ayniqsa, bolalar xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Mazkur murojaat Murojaatlar daftariga qayd etilib, masalani o‘rganish va xavfsizlik choralarini ko‘rish belgilandi.