Shu maqsadda Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashiga 21-“Joziba” saylov okrugidan saylangan deputat Nigora Haydarova o‘z saylov okrugiga qarashli «Jarqishloq» mahallasidagi 28-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning otalari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida ishtirok etdi.
Muloqot davomida yosh o‘quvchilarning to‘g‘ri ta’lim-tarbiya olishi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikka qiziqishini oshirish hamda maktabdagi ta’lim jarayonida ota-onalarning faol ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Deputat N. Haydarova o‘z fikrlarida farzand tarbiyasida ota-onaning shaxsiy namunasi, e’tibori va mas’uliyati muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.
Davra suhbatida ota-onalar bilan ochiq muloqot qilinib, farzandlarning ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Farzand tarbiyasi — oila, maktab va jamoatchilikning mushtarak mas’uliyati.