Новости

Последние новости

янв.21
Ta’lim sifati va shart-sharoitlar — deputatlar nazoratida
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligi — deputatlik nazoratida
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #19_band #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Madaniyat va san’at maskani — deputatlik nazoratida
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi: Ijtimoiy himoya tizimi ijrosi joyida o‘rganildi
янв.21
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #6_band #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Alpomish” mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati tahlil qilindi
янв.21
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #4_band #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Alpomish” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Sog‘lom turmush tarzi — salomatlik garovi!
янв.21
DEPUTATNI, SENATORNI CHAQIRIB OLISH ZARURLIGI TO‘G‘RISIDAGI QAROR
янв.21
DEPUTAT VA SENATORNI CHAQIRIB OLISH ASOSLARI
янв.21
“Amu sohillari” mahallasida fuqaro murojaati tinglandi
“Qashqar” mahallasidagi 5-sonli maktab oldida yo‘l harakatini tartibga solish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “Qashqar” mahallasidagi 5-sonli maktab oldida yo‘l harakatini tartibga solish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi “39-Minor” saylov okrugi deputati Nigora Eshmetova tomonidan Yunusobod tumani “Qashqar” mahallasidagi 5-sonli umumta’lim maktabi oldida transport harakatini tartibga solish va tirbandliklarning oldini olish masalasi yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi I.T. Idirov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Deputatlik so‘rovi “Qashqar” mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan deputat Nigora Eshmetovaga yo‘llangan murojaat hamda hududdagi ijtimoiy soha obyektlari va mahallalarda olib borilgan o‘rganishlar asosida tayyorlandi. Murojaatda Markaz-4 hududidagi 5-sonli umumta’lim maktabi oldidagi yo‘lda transport harakati bilan bog‘liq muammolar mavjudligi qayd etilgan.

🔺 Mahalla murojaatida mazkur hududda o‘rnatilgan “Kirish taqiqlangan” yo‘l belgisi sabab mahalla aholisi, o‘quvchilar va ularning ota-onalari, shuningdek, ushbu hududdan foydalanuvchi fuqarolarning harakatlanishida qator noqulayliklar yuzaga kelayotgani bildirilgan.

🚗 Ayniqsa, maktabda darslarning boshlanishi va tugashi vaqtida transport harakatining keskin ortishi hamda tirbandliklar yuzaga kelayotgani ta’kidlangan. Shu sababli hududdagi amaldagi harakatlanish tartibini mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish zarurati mavjudligi qayd etilgan.

🕖 Fuqarolar tomonidan muammoning yechimi sifatida soat 07:00 dan 18:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yo‘lning bir tomonlama harakatlanish tartibini joriy etish, zarur hollarda esa transport vositalarining ikki tomonlama harakatlanishiga ruxsat berish imkoniyatlarini o‘rganish taklif qilingan. Shuningdek, aholi uchun eng maqbul harakatlanish tartibini belgilash va tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatish masalasi ko‘tarilgan.

💡 Deputatlik so‘roviga asos bo‘lgan mahalla murojaatiga hududdagi mavjud transport holatini aks ettiruvchi fotosuratlar ham ilova qilingan bo‘lib, ularda maktab atrofi va unga tutash yo‘lda avtomobillar harakati hamda to‘planishi holatlari ko‘rsatilgan.

🔎 Shu munosabat bilan deputat Nigora Eshmetova tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalariga asosan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i v.b. I.T. Idirovdan Yunusobod tumani “Qashqar” MFY, Markaz-4 hududidagi 5-sonli umumta’lim maktabi oldidagi yo‘l holatini mutaxassislar ishtirokida o‘rganish so‘ralgan.

🚦 Xususan, mazkur hududda tirbandliklarning oldini olish, transport vositalarining harakatlanish tartibini qayta ko‘rib chiqish hamda zarur yo‘l belgilarini o‘rnatish masalasini o‘rganib, tegishli choralarni belgilash deputatlik so‘rovida alohida qayd etilgan.

📁 Shuningdek, o‘rganish natijalari va ko‘riladigan choralar yuzasidan 10 kun muddatda tegishli ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🤝 “Qashqar” mahallasidagi 5-sonli umumta’lim maktabi atrofida o‘quvchilar, ota-onalar va boshqa fuqarolarning xavfsiz hamda qulay harakatlanishini ta’minlash, tirbandliklarning oldini olishga qaratilgan mazkur masala deputat Nigora Eshmetova tomonidan nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1