Новости

Последние новости

янв.21
SAYLOVCHILAR RO‘YXATI QACHON TANISHISH UCHUN TAQDIM ETILADI?
янв.21
DEPUTATNI CHAQIRIB OLISH BO‘YICHA OVOZ BERISH UCHASTKALARI QACHON TUZILADI?
янв.21
#24_ta_tavsiyalar Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR
янв.21
#kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
#haftalik_ish_reja 🗣Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 05-oktabr – 09-oktabr)
янв.21
#Haftalik_ish_reja_tahlili #Haftalik_dayjest #Kotibiyat_faoliyati 🗣Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 28-sentabr—03-oktabr kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Deputat so‘rovi amaliy natija bilan yakunlandi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati “Bog‘ishamol” mahallasidagi ko‘p qavatli uyda lift muammosi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati Oqova suv qudug‘ining holati deputatlik nazoratiga olindi
🏛 Tuman elektr tarmoqlari korxonasida murojaatlar ijrosi o‘rganildi

🏛 Tuman elektr tarmoqlari korxonasida murojaatlar ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri B.Amanov hamda tuman Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari F.Muxtorov tomonidan tuman Elektr tarmoqlari korxonasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish davomida korxonaga kelib tushayotgan murojaatlarning muddatida ko‘rib chiqilishi, tizimga qayd etilishi hamda aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarning amaliy yechimi holati tahlil qilindi. Ayniqsa, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik davrida elektr ta’minotidagi uzilishlar va infratuzilmani yaxshilashga oid murojaatlarga alohida e’tibor qaratildi.
Nazorat yakunida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish yuzasidan korxona mutasaddilariga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.