Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdagi 2026-yil 21-sentabr VII-22-88-8-108-K/26-son qarori
Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi qarori bilan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazining 2026-yildagi faoliyati qoniqarli deb topildi.
Amalga oshirilgan asosiy ishlar:
5 898 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs ro‘yxatga olingan.
262 nafar fuqaroga protez-ortopediya va reabilitatsiya vositalari ajratildi.
61 ta ijtimoiy reyestrdagi oilaga tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar berildi.
389 nafar fuqaro sport turlariga jalb etildi.
Ustuvor vazifalar: Tumandagi 54 ta mahalla ijtimoiy xodimlari orqali muhtoj oilalarga manzilli yordam berish, maktablarda inklyuziv ta’lim va to‘siqsiz muhit yaratish hamda fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha topsiriqlar belgilandi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz