“Jasorat sinfi” uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratilmoqda
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tuman hokimining o‘rinbosari A.Xudaybergergenov bilan birgalikda 4-sonli maktabda tashkil etilgan “Jasorat sinfi” uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida “Jasorat sinfi” hududida barpo etilayotgan yopiq o‘q otish maydoni va hojatxonaning qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilayotgan ishlarning borishi hamda mazkur obyektlar orqali yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishildi.
📋 Qurilish jarayonida ishlarning belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.