Новости

Последние новости

янв.21
“Tinchlik” mahallasida aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATNING AXBOROT RESURSLARIDAN FOYDALANISHI
янв.21
DEPUTAT HARBIY YIG‘INLARDAN OZOD QILINADI
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #17_band #162_qonun #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Eskishahar” mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #21_band #162_qonun #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Eskishahar” mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
“Eskishahar” mahallasida PF-116-sonli Farmon ijrosi muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI ISH FAOLIYATI BILAN UYG‘UN OLIB BORILADI
янв.21
DAVLAT SIRI BILAN BOG‘LIQ TASHKILOTLARGA DEPUTATNING KIRISH TARTIBI
янв.21
#kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
"Majnuntol" mahallasida aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi!
Qahramon mahallasidagi tarixiy meros obyekti o‘rganildi

Qahramon mahallasidagi tarixiy meros obyekti o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 7-Qahramon saylov okrugi deputati S. Xakimov tomonidan saylov okrugiga qarashli Qahramon MFY hududida tuman Kengashi deputatlari bilan birgalikda tarixiy-madaniy meros obyekti — Zurmala minorasi o‘rganildi.

O‘rganish davomida Ko‘hna Termiz aholi punktining janubi-sharqida, viloyat markaziga olib boruvchi yo‘l chetida joylashgan Zurmala minorasi bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur inshoot qadimdan arxeologlarning e’tiborini tortib kelgan. 1926-yilda olib borilgan dastlabki tadqiqotlarda inshoot buddaviy stupa bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan. Keyingi yillarda olib borilgan batafsil arxeologik tadqiqotlar esa uning Kushonlar saltanatining gullab-yashnagan davriga oid diniy inshoot ekanini tasdiqlagan.

Tarixiy manbalarga ko‘ra, Zurmala stupasi xom kvadrat g‘ishtlardan bunyod etilgan bo‘lib, qurilishida o‘ziga xos belgili g‘ishtlardan foydalanilgan. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, inshootni barpo etish uchun 1 million 200 mingga yaqin g‘isht sarflangan. Stupaning yuqori qismida diniy marosimlar va qoldiqlarni saqlash uchun mo‘ljallangan kichik xona mavjud bo‘lgan.

O‘rganish jarayonida tarixiy obyektdagi mavjud holat, uning saqlanishi va kelgusida muhofaza qilinishi bilan bog‘liq masalalarga ham e’tibor qaratildi.

Zurmala minorasi — Termiz vohasining qadimiy tarixi, Kushonlar davri va buddaviylik madaniyatidan darak beruvchi muhim tarixiy meros namunalaridan biridir. Uning asrab-avaylanishi va kelajak avlodga yetkazilishi muhim vazifalardan biridir.

Slide 1 of 5