#24_ta_masala
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Chinor" mahallasidagi yangi kutubxona faoliyati o‘rganildi
✅Bandixon tumanida aholi, ayniqsa, yosh avlod vakillari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularning intellektual salohiyatini oshirish va mahallalarda ma’naviyat maskanlarini rivojlantirish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 7-“Chinor” saylov okrugidan saylangan deputat U.Jumayev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi B.Qurbonovlar "Chinor" mahallasida bo‘lib, yangi kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
✅Monitoring davomida yangi kutubxonaning kitob fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda mahalladagi uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish choralari ko‘rib chiqildi.
✅Shuningdek, kutubxonaning elektron katalog tizimini yaratish, fondni yangi nashrlar bilan bosqichma-bosqich to‘ldirib borish hamda yoshlar o‘rtasida "Yosh kitobxon" tanlovlari va kitobxonlik kechalarini muntazam o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.