#24_ta_masala
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Bahoriston" mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy muammolar o‘rganildi
Bandixon tumanida aholi farovonligini ta’minlash, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda fuqarolar murojaatlarini ijobiy hal etish borasida deputatlik nazorati tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 14-Bahoriston saylov okrugidan saylangan deputat S.Jumayev hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Bahoriston" MFYda bo‘lib, uyma-uy yurgan holda aholi murojaatlarini o‘rgandilar.
Tashrif davomida aholining yashash sharoitlari, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda kommunal-infratuzilma holati xonadonbay tahlil qilindi.
Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha masalalar ro‘yxatga olinib, murojaatlar daftariga qayd etildi va ularni mas’ul idoralar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar nomiga deputatlik so‘rovlari chiqarilishi belgilandi.