#kunlik_ish_reja_ijrosi #nazorat_tahlil #deputat_faoliyati #deputat_okrugida
#kotibiyat_xodimi_faoliyati #mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 19-Zarbdor saylov okrugidan saylangan deputat — tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev o‘zi saylangan saylov okrugidagi "Zarbdor" mahallasida mahalla ijtimoiy xodimining faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash, ularning mavjud muammolarini aniqlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mahallada Ijtimoiy himoyaga muhtoj 58 nafar fuqaroning kambag‘allik reyestridan chiqarilishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilinib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
O‘rganish davomida aniqlangan masalalar deputatlik nazorati doirasida e’tiborga olindi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram