Mahallalardagi har bir muammo endilikda qog‘ozda qolib ketmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-35-V-son qaroriga muvofiq, deputatlar tomonidan aholi muammolari asosida shakllantirilgan takliflar umumlashtirilib, kelgusi yil uchun mo‘ljallangan hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritish uchun ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etiladi.
Endilikda mahalla uchun muhim bo‘lgan quyidagi yo‘nalishlar bevosita dasturlarga kiritilib, amaliy yechim topadi:
· Ichimlik suvi ta'minoti;
· Yo‘l va obodonlashtirish ishlari;
· Ko‘cha yoritish tizimini yaxshilash;
· Boshqa dolzarb infratuzilma masalalari.
🎯 Chunki har bir asosli taklif — hududimizning ertangi rivoji va xalqimiz roziligiga qaratilgan real qadamdir!