Mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish va har bir tashabbusni mukammal darajaga olib chiqishda ekspert guruhlarining o‘rni beqiyos. Ular quyidagi muhim vazifalarni bajaradi:
✅ Qonun va qaror loyihalarini puxta ishlab chiqishga ko‘maklashish;
✅ Kengash va doimiy komissiyalarga ekspert-tahliliy hamda axborot-maslahat yordamini berish;
✅ Nazorat-tahlil tadbirlarini sifatli tayyorlashda faol ishtirok etish;
✅ Sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni har tomonlama chuqur o‘rganish.
Bu esa hududiy Kengashlar faoliyatining samaradorligini keskin oshirib, har bir qarorning xalq manfaatiga xizmat qilishini ta'minlaydi!