Muloqot davomida mahalladagi mavjud holat, aholini qiynayotgan masalalar, hudud obodonchiligi, infratuzilma va ijtimoiy yo‘nalishdagi muammolar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi. Ko‘chaboshilar tomonidan o‘z hududlaridagi dolzarb masalalar hamda ularni hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Ayniqsa, ko‘chalar kesimida mavjud muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish va ijrosini nazoratga olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Nuroniylar bilan suhbatda esa mahalladagi osoyishtalik, yoshlar tarbiyasi, oilalar farovonligi va mahalla muhitini yanada yaxshilash borasida fikr almashildi.
Uchrashuv davomida bildirilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan qayd etilib, tegishli masalalar deputatlik nazoratiga olindi. Aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganish hamda ularning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
Bunday uchrashuvlar deputatning saylovchilar bilan muntazam aloqasini ta’minlash, hududdagi muammolarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish va ularning yechimini nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi
kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram