35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
"Turon" mahallasida aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi!
янв.21
Mahalla faoliyati — “24 ta eng muhim yo‘nalish” asosida tahlil qilindi
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
“Farxod” mahallasida aholi bandligi va oilalar daromadini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi
янв.21
#24_ta_tavsiyalar Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR
янв.21
#kunlik_ish_reja #deputat_faoliyati Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlarining hududlardagi faoliyati bilan tanishing!
янв.21
Termiz shahrida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya sifati hamda muassasalar faoliyatini takomillashtirish masalalari deputatlik nazoratida.
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #biriktirilgan_tashkilot #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati Energiya samaradorligi va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish — deputatlik nazoratida
янв.21
"Bo‘ston" mahallasida obodonlashtirish ishlari "24 ta eng muhim yo‘nalish" doirasida o‘rganildi!
янв.21
"Bo‘ston" mahallasida hokim yordamchisi ko‘magida tadbirkorlik boshlagan xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi!
#haftalik_ish_reja_ijrosi #Kengash_raisi_faoliyati #deputat_faoliyati Xalq manfaati yo‘lida amalga oshirilgan ishlar: Kengash raisi, deputat D.Normuradovaning haftalik faoliyati

Termiz shahrida aholi murojaatlarini tinglashdan tortib, ta’lim, kommunal xizmatlar, ekologiya va mahalla infratuzilmasigacha bo‘lgan yo‘nalishlarda deputatlik nazorati amaliy jarayonlarga tobora yaqinlashmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradovaning hafta davomida olib borgan faoliyati ham aynan “muammoni eshitish — joyiga chiqish — mas’ullar bilan muhokama qilish — natijani nazoratga olish” tamoyiliga asoslandi.

Haftalik faoliyatning umumiy manzarasi shuni ko‘rsatadiki, deputatlik nazorati faqat yig‘ilishlar zali bilan cheklanmaydi. U maktabda, mahallada, ko‘chada, tashkilotda va eng muhimi, fuqaro murojaatida namoyon bo‘ladi.

Ta’lim va infrastruktura: nazorat joyida

9-sonli umumta’lim maktabida “Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumida g‘olib bo‘lgan loyiha doirasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi. Maktab fasadini ta’mirlash hamda zamonaviy mini-stadion barpo etish jarayonlariga e’tibor qaratildi.

“Pattakesar” mahallasida esa fuqarolar tashabbusi asosida g‘olib bo‘lgan loyiha doirasida bunyod etilayotgan zamonaviy mahalla binosining qurilish jarayoni va loyiha-smeta hujjatlari o‘rganildi.

“Alpomish” mahallasida ichki yo‘llarning holati, asfaltlash va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib nazorat qilindi. Eng muhimi, bu jarayonda aholi fikri ham tinglandi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — nazoratda

“Termizshahargaz” bo‘limida gaz ta’minoti tizimining mavsumga tayyorgarligi, aholi murojaatlari bilan ishlash, ochiqlik va korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishlari tahlil qilindi.

11-sonli maktabda esa Oliy Majlis Senatining “24 ta eng muhim yo‘nalishi” doirasida qozonxona va isitish tizimining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.

“Abdulla Avloniy” mahallasida ekologik va sanitariya holati bilan bir qatorda, zamonaviy chiqindi yig‘ish shoxobchasi qurilishi ham nazoratga olindi.

Muammo — murojaat — amaliy yechim

Deputat faoliyatining yana bir muhim yo‘nalishi — fuqarolar bilan bevosita muloqot.

“Abdulla Avloniy” mahallasida o‘tkazilgan fuqarolar qabuli davomida aholining murojaatlari tinglanib, ular “Deputat daftari”ga qayd etildi va tegishli tartibda ijroga yo‘naltirildi.

“Temiryo‘lchi” mahallasida esa Prezidentning PF-116-son Farmoni ijrosi doirasida “mahalla yettiligi” bilan masalalar muhokama qilinib, fuqaroning ijtimoiy xizmatlarga oid murojaati joyida ko‘rib chiqildi.

Ma’naviyat va huquqiy madaniyat ham e’tiborda

Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati Axborot-kutubxona markazida “24 ta eng muhim yo‘nalish”ning 19-bandi doirasida mutolaa madaniyati, kitob fondi va elektron xizmatlar holati tahlil qilindi.

Shuningdek, Prezidentning Termiz shahridagi Xalq qabulxonasi hamda shahar FHDYO bo‘limi faoliyati bilan tanishilib, hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Haftalik faoliyatning umumiy manzarasi shuni ko‘rsatadiki, deputatlik nazorati faqat yig‘ilishlar zali bilan cheklanmaydi. U maktabda, mahallada, ko‘chada, tashkilotda va eng muhimi, fuqaro murojaatida namoyon bo‘ladi.

Xalq manfaatlari yo‘lidagi deputatlik nazorati — izchil va amaliy davom etmoqda.

Slide 1 of 8