35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Mahalliy kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat va biriktirilgan tashkilot hamkorligi — samarali faoliyat garovi
янв.21
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #162_qonun #biriktirilgan_tashkilot #Kengash_raisi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati FHDYO bo‘limi faoliyati bilan tanishildi
янв.21
"Manguzar" mahallasida bandlikni oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi!
янв.21
"Baynalminal" mahallasida deputat qabuli o‘tkazildi
янв.21
"Baynalminal" mahallasida bandlikni oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi!
янв.21
Inson qadri uchun: “Kattabog‘” mahallasida ehtiyojmand va kambag‘al toifasidagi xonadonlar holati o‘rganildi!
янв.21
Moddiy-madaniy meros obyektlari holati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati: Mutolaa madaniyati va axborot xizmatlari deputatlik nazoratida
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR
📌 Deputat so‘rovi: 35-sonli maktab yo‘lida piyodalar yo‘lakchasi qurilishi masalasi ko‘tarildi

📌 Deputat so‘rovi: 35-sonli maktab yo‘lida piyodalar yo‘lakchasi qurilishi masalasi ko‘tarildi

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati tomonidan “Fidokor” MFY aholisi murojaatlari asosida Baxmal tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbari Sh.Sultanovga rasmiy DEPUTAT SO‘ROVI yuborildi.
Muammo nimalardan iborat?
Mahalladagi 35-sonli maktabga olib boruvchi yo‘lning 1 kilometrga yaqin masofasida piyodalar yo‘lakchasi (trotuar) mavjud emas. Bu holat o‘quvchilar va aholining, ayniqsa, kuz-qish mavsumida harakatlanishiga jiddiy qiyinchilik tug‘dirib, ularning xavfsizligiga xavf solmoqda.
Deputat tomonidan qo‘yilgan talab:
Qonunchilikka muvofiq, ushbu hududda piyodalar yo‘lakchasini qurish masalasini tuman dasturlariga kiritish hamda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan 10 kun ichida yozma ma’lumot berish so‘raldi.
Farzandlarimiz va aholi xavfsizligi deputatlik nazoratida.

Slide 1 of 2