#Dasturlar_ijrosi
📌 Tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev ko‘prik qurilishi bilan tanishdi
Bugun tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev “Novqa” va “Mug‘ol” MFYlarini o‘zaro bog‘lovchi yangi ko‘prikning qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Hozirda mazkur obyektdagi qurilish-ta’mirlash ishlari tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan qizg‘in olib borilmoqda.
Kengash raisi loyihaning borishini o‘rganib, ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mutasaddilarga aniq ko‘rsatma hamda topshiriqlar berdi.