QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Dinara Sattorova Madaniyat mahallasida bo‘lib, profilaktika inspektori Allaberganov Hurmatbekning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida mahallada fuqarolarning axborot olish huquqi va uning kafolatlarini ta’minlash, ochiqlik va qonuniylik tamoyillariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-apreldagi 400-I-sonli **“Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”**gi Qonuni talablarining ijrosi deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.