KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari tuman Kengash kotibiyati mudiri N.Turdiyev, Kengash deputati X. Ishimov, Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zosi I.Quchqorova, ekspert guruhi kotibi U.Kenjayevlar tomonidan Kengashining 34-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan Sirdaryo suv ta’minoti AJ Oqoltin tumani bo’limida o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida kuz-qish mavsumi uchun 3 ta suv matorlari zahirasi shakllantirilganligi, bundan tashqari zarur poletilen quvurlar zaxirasi mavjudligi aniqlandi.