#Deputatlik_faoliyati #haftalik_ish_reja_ijrosi
E’tibor va qo‘llab-quvvatlash — inson hayotini o‘zgartirishi mumkin
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi “2-Hamkor” saylov okrugi deputati Abdullayeva Kimyo Adilovna tomonidan Shahar reabilitatsiya markazida hayotiy qiyinchiliklarga duch kelgan onalar bilan psixologik trening o‘tkazildi.
Trening davomida ishtirokchilarning ruhiy holatini qo‘llab-quvvatlash, o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, hayotga ijobiy munosabatni shakllantirish hamda mavjud muammolardan chiqish yo‘llari haqida samimiy suhbat va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.
🤝 Tadbirning asosiy maqsadi — har bir insonning hayotida yangi sahifa ochish imkoniyati borligini anglatish, onalarga ma’naviy va ruhiy ko‘mak berish hamda ularning jamiyatga qayta moslashuviga ko‘maklashishdan iborat.
💚 Zero, insonni tanqid qilishdan ko‘ra, uni tushunish, qo‘llab-quvvatlash va to‘g‘ri yo‘lga qaytishiga yordam berish — jamiyatimizning eng muhim qadriyatlaridandir. Mehr, e’tibor va ishonch — yangi hayot sari tashlangan muhim qadamdir!