🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi Babajanov Jamolbek Jumabayevich tomonidan tumanda dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi muntazam nazorat qilib borilmoqda.
📍 Navbatdagi o‘rganish ishlari Tuproqqal’a mahallasida olib borilib, hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, xususan, bolalar maydonchasining holati va bajarilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
👥 O‘rganish jarayonida Kengash raisi bilan birgalikda Kotibiyat mudiri I. Masharipov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov ishtirok etdi.
🔎 O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan vazifalarning ijrosi va hudud aholisi uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
🏡 Obod mahalla — farovon hayot!