Jumladan, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova tomonidan Andijon pedagogika texnikumida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Tadbir davomida ta’lim jarayonida qonun hujjatlarida belgilangan talablar, pedagoglarning huquq va majburiyatlari hamda ularning huquqiy kafolatlari haqida fikr almashildi.
Qonun ustuvorligi — sifatli ta’lim va munosib kelajakning muhim kafolatidir!