35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Ko‘p kvartirali uylar ta’miri: manzilli dastur ijrosi deputatlar nazoratida
янв.21
Xalq roziligi — islohotlar mezoni
янв.21
"Alpomish" mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi!
янв.21
"Tashabbusli budjet" g‘olib loyihalari nazoratda: "Pattakesar" mahallasida yangi mahalla binosi qurilishi joyida o‘rganildi!
янв.21
"Kattabog‘" mahallasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi!
янв.21
"Kattabog‘" mahallasida O‘RQ-406-sonli Qonun ijrosi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi!
янв.21
Kattabog‘ mahallasida profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Tadbirkorlik rivoji — aholi farovonligi omili!
янв.21
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati #fuqarolar_qabuli "Namuna" mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
"Namuna" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Ta’mirga muhtoj texnikum deputatlar e’tiborida

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari Ekaterina Smesova va Saydullo Azimov Andijon shahridagi “Ozodlik” MFYda joylashgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida bo‘lib, mavjud sharoitlarni o‘rgandilar.

1974-yilda qurilgan texnikumda 1500 nafarga yaqin o‘quvchi ta’lim olmoqda. Muassasa har yili 800 nafardan ortiq tibbiy mutaxassislarni tayyorlaydi. Germaniya bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturi orqali yoshlarga xalqaro mehnat bozoriga chiqish imkoniyati yaratilgan.

O‘rganish davomida binoning ichki yo‘laklari, tashqi fasadi va ayrim qismlari ta’mirga muhtoj ekani aniqlandi. Masala deputatlar, deputatlik guruhi va doimiy komissiya a’zolari nazoratiga olinib, amaliy choralar belgilandi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Yusupov ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 3