Al-Buxoriy MFYda yoshlar yetakchisining yoshlar bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash hamda muammolarini aniqlash va hal etish borasidagi faoliyati bilan tanishildi.
Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Mazkur jarayon xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari A. Appakov hamda H. Holmatov tomonidan amalga oshirildi.