Al-Buxoriy MFYda bank xodimining mahalla aholisi va tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlarini ko‘rsatish, tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish hamda fuqarolarning moliyaviy masalalar bo‘yicha murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyati bilan tanishildi.
Muloqot davomida aholini tadbirkorlikka jalb etish, biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, kredit va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahalla aholisi uchun bank xizmatlaridan foydalanishda qulayliklarni oshirish va fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish bo‘yicha fikr almashildi.
Mazkur jarayon xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari A. Appakov hamda H. Holmatov tomonidan amalga oshirildi.