Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati M.Salimova tomonidan Bunyodkor mahallasidagi 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ijro intizomi holati o‘rganildi.
✔️O‘rganish jarayonida tashkilotga kelib tushgan topshiriq va hujjatlarning o‘z vaqtida ijro etilishi, ularning nazorati va yuritilishi, shuningdek, mas’ul xodimlarning ijro intizomiga rioya etishi holati ko‘rib chiqildi.
✔️Shuningdek, mavjud masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, ijro intizomini yanada yaxshilash, topshiriqlarni belgilangan muddatlarda va sifatli bajarish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.